Montessori — bu bolalarni o‘z qiziqishi orqali o‘rganishga undaydigan uslub. Bu yerda bola mustaqil qaror qabul qilishni, javobgarlikni his qilishni va bosqichma-bosqich rivojlanishni o‘rganadi. Muhit esa unga erkin, lekin tartibli sharoit yaratib beradi.
Montessori mashg'ulotlari
Amaliy hayot
Bu burchakda bola kundalik hayot ko‘nikmalarini mashq qiladi: suv quyish, idish yuvish, tugma taqish, o‘z kiyimini kiyib-yechish, polni supurish kabilar. Shunday mashg‘ulotlar orqali bola mustaqillikka o‘rganadi, diqqatini jamlaydi, qo‘l-harakatlarini muvofiqlashtiradi va tartibni sevishni boshlaydi.
Sensorika
Bola dunyoni hislar orqali biladi. Shu sababli Montessori sensorika materiallari ko‘rish, eshitish, tutish, hidlash va ta’m bilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masalan, rangli kublari, turli o‘lchamdagi silindrlar, og‘irlik va shakl farqlash mashg‘ulotlari bolaning idrokini noziklashtiradi va keyingi matematik hamda ilmiy fikrlashga tayyorlaydi.
Madaniyat va san’at
Bu burchakda bola dunyo haqida keng tasavvur oladi: geografiya, biologiya, tarix, tabiatshunoslik. Bolalar globuslar, xaritalar, hayvon va o‘simlik modellari bilan ishlaydi. Shuningdek, san’at faoliyatlari orqali (chizish, bo‘yash, loy ishlari, musiqaga quloq solish) o‘zini ifoda qilishni o‘rganadi va estetik didi shakllanadi.
Til
Til burchagi bolaning nutqini, lug‘atini, o‘qish va yozishga tayyorgarligini rivojlantiradi. Montessori muhitida bolaga tovushlarni ajratish, harflarni his qilish (qumli harflar), so‘zlarni o‘qish va yozishga sekin-sekin kirib borish imkoniyati beriladi. Bola nutqini boyitadi va o‘z fikrini aniq ifodalashni o‘rganadi.
Matematika
Matematika burchagi bolaga sonlarni tushunishni amaliy tajriba orqali o‘rgatadi. Dastlab bola raqamlarni qo‘llari bilan his qiladi (masalan, qumli raqamlar, munchoqlar orqali sanash). Keyin esa qo’shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish tushunchalarini konkret materiallar bilan amalda ko‘radi. Shunday qilib, matematika bola uchun qiyin emas, balki qiziqarli va tushunarli bo‘lib qoladi.
Afzalliklarimiz
Nimaga aynan Turon montessori?
Kichik va aralash guruhlar
3–6 yoshdagi bolalar birgalikda shug‘ullanadi. Kattalar kichiklarga yordam beradi, kichiklar esa ulardan o‘rnak oladi.
Tajribali ustozlar
Barcha o‘qituvchilar oliy ma’lumotli va professional Montessori kurslarini tamomlagan.
Xavfsiz va sog‘lom muhit
Tabiiy, bolaga zararsiz materiallar, sog‘lom ovqatlanish va qulay sharoit.
Chet tillari
O‘zbek tilidan tashqari ingliz va rus tillarida ta’lim.
Qo‘shimcha qulayliklar
Ota-onalar uchun individual uchrashuvlar va bolaga moslashgan dastur.
Adaptatsiya jarayoni
Har bir bola guruhga qo’shilishidan avval, unga muhitga moslashish darslari individual tarzda o’tiladi.
«Farzandingiz baxtli, mustaqil va o'ziga ishongan ruhda kamol topishi uchun unga kerakli yo’lni topishiga hissa qo'shamiz »