Montessori nima? Ota-onalar uçun töliq qöllanma
Montessori metodi nima, qanday tamoyillarga asoslanadi va bolaga nima beradi? Tarix, 6 ta yönaliş, ilmiy tadqiqotlar va boğça tanlaş böyiça maslahatlar.
Öqiş
Toşkent · Olmazor · 3–6 yoş
Tayyorlangan muhit, amaliy maşğulotlar va professional ustozlar. Farzandingiz mustaqil, qiziquvçan va öziga işongan bölib ösadi.
Biz haqimizda
Turon Montessori — Toşkentning Olmazor tumanidagi haqiqiy Montessori boğça. Bu yerda bola öz qiziqişi orqali örganadi: özi tanlaydi, özi bajaradi va özi xulosa çiqaradi. Montessori böyiça maxsus ta’lim olgan ustozlarimiz esa kuzatadi, yönaltiradi va kerak paytda yordam beradi.
Haqiqiy Montessori
Toşkentda özini Montessori deb ataydigan boğçalar köp, lekin bir-ikkita material qöyiş boğçani Montessori qilmaydi. Haqiqiy Montessori boğçasini quyidagi 6 belgidan taniysiz — Turon Montessori’da ularning hammasi bor.
3–6 yoşli bolalar bitta guruhda: kiçiklar kattalardan örganadi, kattalar örgatib, bilimini mustahkamlaydi. Montessori’da guruhlar yoşga qarab bölinmaydi.
Har kuni 9:00 dan 12:00 gaça bola bölinmasdan, özi tanlagan iş bilan şuğullanadi. Haqiqiy Montessori’ning yuragi şu.
Amaliy hayot, sensorika, til, matematika va madaniyat — barça yönalişlar uçun Montessori materiallarining töliq töplami, oçiq javonlarda.
Ustozlarimiz Montessori böyiça maxsus ta’lim olgan: bolani kuzatadi, har biriga materialni alohida körsatadi va özi işlaşiga imkon beradi.
Mebel bola böyiga mos, har narsa öz joyida. Muhit bolaga “özim qila olaman” deyişga yordam beradigan qilib tayyorlangan.
Hamma bir vaqtda bir xil iş qilmaydi. Bola öz qiziqişi va sur’atida işlaydi, ustoz esa yönaltiradi.
Muhitimiz
Montessori’da muhit bolaga “özim qila olaman” deyişga yordam beradi: mebel bola böyiga mos, materiallar oçiq javonlarda, har narsa öz joyida. Bola özi tanlaydi, özi işlaydi va özi joyiga qaytaradi.
Yoruğ, tinç va tartibli: har bir material öz joyida, bola böyiga mos oçiq javonlarda.
Suv quyiş, idiş yuviş, tugma taqiş — bola kundalik işlarni özi bajarişni örganadi.
Rang, şakl, ölçam va oğirlikni his qiliş uçun maxsus Montessori materiallari.
Qumli harflar, kartoçkalar va kitoblar bilan nutq, öqiş va yozişga tayyorgarlik.
Bolalar ikkinçi nonuştani özlari tayyorlaydi: sabzavot töğraydi, meva tozalaydi.
Rangli marjonlar va zanjirlar bilan bola sonni qölida his qiladi: sanaş, miqdorni farqlaş va sonlarni taqqoslaş.
Montessori faoliyatlari
San’at, oşxona va harakat alohida tögarak emas — barçasi Montessori faoliyatlari içida. Har bir faoliyat orqali bola aniq könikmani maşq qiladi.
Amaliy hayot
Sensorika
Til
Matematika
Madaniyat
San’at
Harakat
Oşxona
Kun tartibi
Bolalar aniq va xotirjam kun tartibida yaşaydi: har kuni bir xil ritm bolaga xavfsizlik hissini beradi. Kunning markazida — 3 soatlik uzluksiz Montessori iş sikli.
Duşanba–juma, 8:00–17:00
Uyda: uyğoniş, yuviniş, boğçaga keliş.
Kiyim almaştiriş va sport maşqlari.
Şved stoli: bola özi tanlaydi va özi suzib oladi.
Bolalar Montessori iş sikliga tayyorlanadi.
Tansiq taom, salat va tabiiy içimliklar.
Bola dam oladi yoki tinç faoliyat bilan şuğullanadi.
Kattaroq bolalar bilan sensorika, matematika, til, madaniyat va san’at; kiçikroq bolalar bilan erkin işlar.
Tabiiy içimlik va soğlom pişiriqlar.
Toza havoda harakat va öyinlar.
Örganilganlarni mustahkamlaş va mustaqil işlar.
Ota-onalar bolani olib ketadi.
Ovqatlaniş
Ovqatlaniş ham Montessori tarbiyasining bir qismi: bola stol tuzaydi, özi suzib oladi va ikkinçi nonuştani özi tayyorlaydi.
Şved stoli: bola nima yeyişini özi tanlaydi va özi suzib oladi.
Sabzavotlar, tuxum, höl va quruq mevalar — bolalar buni özlari tayyorlaydi.
Tansiq taom, salat va tabiiy içimliklar.
Tabiiy içimlik va soğlom pişiriqlar.
Maktabga tayyorgarlik
Alohida yoş guruhlari yöq: yaxlit aralaş yoşli muhitda har bir bola öz sur’atida, öziga mos yöl bilan rivojlanadi. Ustoz bolani kuzatib, unga mos keyingi materialni taklif qiladi.
Kitob, suhbat va söz kartoçkalari orqali söz boyligi va fikrni ravon aytiş rivojlanadi.
Qumli harflar bilan tovuş va harfni boğlaydi, qölni yozişga tayyorlaydi.
Munçoq va qumli raqamlar bilan sonni qölda his qiladi — sanaşdan amallargaça.
Özi tanlagan iş ustida uzoq va bölinmasdan işlaşni örganadi.
Materialni özi oladi, işni oxiriga yetkazadi va joyiga qaytaradi.
Aralaş yoşli guruhda navbat kutiş, yordam söraş va yordam berişni örganadi.
Qabul
Taşrifdan boşlanadi: avval boğçani körasiz, keyin bola adaptatsiya darslari orqali xotirjam moslaşadi.
Saytdagi formani töldiring yoki qönğiroq qiling.
Administrator siz bilan boğlanib, taşrif vaqtini tasdiqlaydi.
Kelişilgan vaqtda boğçani körasiz va savollaringizga javob olasiz.
Individual, haftada 2 marta, 16:00–17:00. Bir soati — 250 000 söm.
Bola tayyor bölgaç, yaxlit Montessori muhitiga qöşiladi. Oyiga — 5 000 000 söm.
Adaptatsiya darsi
250 000 söm
1 soat uçun · asosiy muhitdan oldin, soatbay tölanadi
Asosiy muhit
5 000 000 söm
oyiga
5 mln sömga nimalar kiradi?
Maqolalar
Farzand tarbiyasi, Montessori usuli va boğçaga moslaşiş haqida amaliy maqolalar.
Montessori metodi nima, qanday tamoyillarga asoslanadi va bolaga nima beradi? Tarix, 6 ta yönaliş, ilmiy tadqiqotlar va boğça tanlaş böyiça maslahatlar.
Öqiş
Bola özi kiyinmasa, öyinçoqlarini yiğiştirmasa nima qiliş kerak? 3–6 yoşda mustaqillikni rivojlantirişning 15 usuli, yoş jadvali va 7 kunlik reja.
Öqiş
Puşti minora, qumli harflar, oltin marjonlar va boşqalar: har bir Montessori materiali nima, bola u bilan qanday işlaydi va nimani örganadi. Ilmiy manbalar bilan.
Öqiş
Savol-javob
Javob topilmasa, qönğiroq qiling yoki Telegram’da yozing — mamnuniyat bilan javob beramiz.
Ha. Turon Montessori’da haqiqiy Montessori boğçasining barça asosiy belgilari bor: 3–6 yoşli bolalar uçun yaxlit aralaş guruh, har kuni 9:00 dan 12:00 gaça uzluksiz Montessori iş sikli, barça yönalişlar uçun töliq Montessori materiallari, Montessori böyiça ta’lim olgan ustozlar va bola böyiga mos tayyorlangan muhit. Buni tanişuv vaqtida öz közingiz bilan körişingiz mumkin.
Asosan 3–6 yoşli bolalar qabul qilinadi. 3 yoşdan kiçik bolalar uçun şartlar bor: bola onadan ajrala olişi va hojatga mustaqil çiqişi kerak. Mustaqil ovqatlaniş, kiyiniş va ravon gapiriş afzal köriladi.
Duşanbadan jumagaça, soat 8:00 dan 17:00 gaça.
Ha. Ustozlarimiz Montessori böyiça maxsus ta’lim olgan va har kuni şu tamoyillar asosida işlaydi: bolani kuzatadi, unga mos materialni taklif qiladi va mustaqil işlaşiga şaroit yaratadi.
Montessori tamoyiliga köra 3–6 yoşli bolalar bitta yaxlit aralaş guruhda böladi. Har bir ustozga 8–12 tagaça bola töğri keladi.
Avval boğçani körişga ariza qoldirasiz, administrator qönğiroq qilib taşrif vaqtini tasdiqlaydi. Keyin bola individual adaptatsiya darslariga qatnaşadi (haftada 2 marta, 16:00–17:00) va tayyor bölgaç asosiy muhitga qöşiladi.
Adaptatsiya darsining bir soati 250 000 söm. Darslar asosiy muhitga qöşilişdan oldin böladi va soatbay tölanadi.
Asosiy muhit uçun oyiga 5 000 000 söm. Bunga duşanba–juma 8:00–17:00, kuniga 4 mahal ovqat, Montessori materiallari bilan işlaş va barça Montessori faoliyatlari kiradi.
Kuniga 4 mahal: şved stoli tarzidagi nonuşta, bolalar özlari tayyorlaydigan ikkinçi nonuşta (sabzavotlar, tuxum, höl va quruq mevalar), tuşlik (tansiq taom, salat, tabiiy içimliklar) va ikkinçi tuşlik (tabiiy içimlik va soğlom pişiriqlar). Şakar örniga asal, pişiriqlarda kepakli un işlatiladi. Sut mahsulotlari berilmaydi; yoğ sifatida bahavo daştlikda boqilgan sigirdan olingan ghee işlatiladi.
Ustoz bolaning yonida böladi, his-tuyğusini tan oladi (“Onangni soğinding, tuşunaman”) va uni tinçlantiradi. Bola özini yaxşi his qilgaç, unga qiziqarli faoliyat taklif qilinadi. Yangi kelgan bolalarda köz yoşi tabiiy — şuning uçun qabul adaptatsiya darslari orqali bosqiçma-bosqiç böladi.
Ustoz bolalarni uruştirmaydi va ayblamaydi: har birini tinglaydi va söz bilan kelişişga örgatadi — “Menga ham kerak, navbat bilan olamizmi?”. Montessori muhitida har bir material bitta böladi, şuning uçun bolalar navbat kutiş va bir-birini hurmat qilişni har kuni maşq qiladi.
Bola majburlanmaydi. Ovqatni özi suzib oladi va qança yeyişini özi his qilişni örganadi; ustoz unga yangi taomni tatib körişni taklif qiladi. Uxlay olmaydigan bola tinç dam oladi yoki boşqalarga xalal bermaydigan sokin faoliyat bilan şuğullanadi.
Darslar soni oldindan qat’iy belgilanmaydi — har bir bola öz sur’atida moslaşadi. Ustoz bolani kuzatadi va u asosiy muhitga tayyor bölganini siz bilan birga kelişib oladi.
Bu tartib şartnomada belgilanadi. Tanişuv vaqtida administrator barça tölov şartlarini batafsil tuşuntirib beradi.
Bola faqat ota-ona oldindan xabar bergan va tasdiqlagan odamga topşiriladi. Notaniş odamga bola berilmaydi.
Montessori öqiş, yoziş va matematikaga tayyorgarlikni amaliy materiallar orqali beradi; bola mustaqil işlaş va diqqatni jamlaşni ham örganadi. Har bir bola öz sur’atida rivojlanadi.
Albatta. Aralaş yoşli guruhda kattalar kiçiklarga yordam beradi, bolalar birga işlaydi, navbat kutişni va bir-birini hurmat qilişni örganadi.
Toşkent şahri, Farobiy 212G, Safia binosi, 2-qavat. Möljal: Çiğatoy bozori yonida (Olmazor tumani).
Aloqa
Ariza qoldiring — administrator siz bilan boğlanib, boğçaga taşrif vaqtini tasdiqlaydi.
Telefon
+998 55 500 07 55Iş vaqti
Duşanba–juma, 8:00–17:00
Manzil
Toşkent şahri, Farobiy 212G, Safia binosi, 2-qavat
Möljal: Çiğatoy bozori yonida
Telegram va Instagram
Boğçani köriş va tanişuv suhbati — oldindan yoziliş orqali. Administrator siz bilan boğlanadi.