Montessori
Montessori materiallari: har biri bolaga nima örgatadi?
Montessori sinfiga kirgan ota-ona odatda hayron qoladi: öyinçoqqa öxşaş, lekin öyinçoq emas. Bu qöllanmada 12 ta asosiy materialni birma-bir körib çiqamiz: bola u bilan nima qiladi, nimani örganadi va bu nega muhim.
Mundarija
- Montessori materiali nima va u öyinçoqdan nimasi bilan farq qiladi?
- Amaliy hayot: hamma narsa şu yerdan boşlanadi
- Sensorika: sezgilar orqali dunyoni tartiblaş
- Til: tovuşdan harfga, harfdan sözga
- Matematika: sonni qölda his qiliş
- Bir qaraşda: 12 ta material va ularning foydasi
- Ilm-fan nima deydi?
- Ota-onalar uyda nima qila oladi?
- Savol-javob
Qisqaça
- Montessori materiali — öyinçoq emas, balki bitta aniq könikmani örgatiş uçun ataylab yaratilgan öquv quroli.
- Har bir materialda faqat bitta qiyinçilik ajratib olingan (masalan, faqat ölçam yoki faqat rang), şuning uçun bola nimani örganayotganini aniq his qiladi.
- Köp materiallarda xatoni bola özi köradi: bölak siğmasa yoki minora qiyşaysa, kattalar aytmasa ham tuzatadi.
- Materiallar oddiydan murakkabga, aniqdan mavhumga qarab ketma-ket beriladi: qölda his qilingan narsa keyin tuşunçaga aylanadi.
- Ilmiy tadqiqotlar qöl bilan işlatiladigan materiallar matematika, öqişga tayyorgarlik va mayda motorika rivojiga yordam berişini körsatadi.
Montessori materiali nima va u öyinçoqdan nimasi bilan farq qiladi?
Montessori sinfidagi javonlarda puşti kubiklar, qizil tayoqçalar, yoğoç silindrlar va oltin rangli marjonlarni körasiz. Birinçi qaraşda ular çiroyli öyinçoqqa öxşaydi. Aslida har biri bitta aniq könikmani örgatiş uçun ataylab yaratilgan öquv quroli.
Mariya Montessori bu materiallarning köpini 1900-yillar boşida bolalarni uzoq kuzatib, sinab va qayta-qayta özgartirib yaratgan. U özining “The Montessori Method” kitobida bolaga söz bilan tuşuntirişdan köra, qölida uşlab, közi bilan körib örganiş imkonini beriş muhimroq ekanini yozadi.
Ota-onalar uçun eng muhim 4 ta farq:
- Bitta qiyinçilik. Har bir materialda faqat bitta xususiyat özgaradi. Masalan, puşti minoraning kubiklari faqat ölçami bilan farq qiladi: rangi, şakli va materiali bir xil. Şunda bolaning diqqati aynan ölçamga qaratiladi.
- Xatoni bola özi köradi. Silindr uyasiga siğmasa yoki minora qiyşaysa, bola kattalar aytmasa ham xatoni köradi va özi tuzatadi. Bu uni baholaşdan qörqmasdan, xotirjam örganişga örgatadi.
- Aniqdan mavhumga. Bola avval “katta” va “kiçik”ni qölida his qiladi, keyin uning nomini örganadi, söng sonlar va ölçovlarga ötadi.
- Ketma-ketlik. Materiallar oddiydan murakkabga qarab beriladi. Har bir material keyingisiga tayyorlaydi.
Barça 34 ta materialni rasm va qisqa izohlar bilan Montessori materiallari ensiklopediyasida körişingiz mumkin. Quyida esa eng muhimlarini Montessori sinfidagi 4 ta asosiy burçak böyiça körib çiqamiz. Har biri uçun bola qaysi yoşda boşlaşi taxminiy körsatilgan: har bir bola öz sur’atida rivojlanadi.
Amaliy hayot: hamma narsa şu yerdan boşlanadi
Amaliy hayot maşqlari — bolaning uydagi kundalik işlari: suv quyiş, idiş yuviş, tugma taqiş, stol artiş. Ular oddiy körinadi, lekin aynan şu maşqlar keyingi barça öqişning poydevori böladi.
1. Suv quyiş
Taxminiy yoş: 2,5–3 yoşdan.
Bola nima qiladi? Kiçik közaçadan stakanga yoki bir közaçadan ikkinçisiga suv quyadi. Suv tökilsa, gubka bilan özi artadi. Avval guruç yoki loviya kabi quruq narsalar bilan, keyin suv bilan maşq qilinadi.
Nimani örganadi?
- Qöl harakatini aniq boşqariş va ikki qölni birga işlatiş.
- Diqqatni bir işga jamlaş.
- Işni boşidan oxirigaça bajariş: tayyorlaş, quyiş, yiğiştiriş.
- “Özim qila olaman” degan işonç.
Nega bu muhim? Ota-onalar ba’zan “boğçada bolam suv quyib ötiribdimi?” deb hayron böladi. Lekin aynan şu maşqda bola öz harakatini rejalaştiriş, diqqatni uşlab turiş va xatoni tuzatişni örganadi. Psixologlar bu könikmalarni ijro funksiyalari (executive functions) deb ataydi. Diamond va Lee (2011) ilmiy şarhida Montessori dasturi bolalarda ijro funksiyalarini rivojlantirişi isbotlangan yondaşuvlar qatorida körsatilgan.
2. Kiyiniş ramkalari
Taxminiy yoş: 3 yoşdan.
Bola nima qiladi? Yoğoç ramkaga mahkamlangan ikki bölak matoni tugma, tugmaça (knopka), zamok, ilgak, boğiç yoki kamar bilan birlaştiradi va oçadi. Har bir ramkada faqat bitta turdagi boğlaş usuli böladi.
Nimani örganadi?
- Mayda motorika: barmoqlarning nozik va aniq harakati.
- Kiyinişda mustaqillik: öz kiyimini özi taqiş va yeçiş.
- Sabr va harakatlar ketma-ketligi.
Nega bu muhim? Ramkada bola tugmani köz oldida, qulay holatda maşq qiladi, söng bu könikmani öz kiyimiga köçiradi. Mayda motorika esa faqat kiyiniş uçun emas: Grissmer va hamkasblari (2010) boğça yoşidagi mayda motorika keyinçalik maktabdagi öqiş va matematika natijalarini oldindan körsatadigan muhim belgilardan biri ekanini aniqlagan.
3. Qoşiq bilan köçiriş
Taxminiy yoş: 2,5–3 yoşdan.
Bola nima qiladi? Bir idişdagi loviya, nöxat yoki boşqa mayda narsalarni qoşiq bilan ikkinçi idişga köçiradi. Keyinçalik qoşiq örniga qisqiç va pinsetga ötadi.
Nimani örganadi? Qalam uşlaşga tayyorlanadigan barmoqlar holati, qöl va köz uyğunligi, çapdan öngga qarab işlaş. Çapdan öngga yönaliş keyinçalik öqiş va yozişda ham asqotadi.
Sensorika: sezgilar orqali dunyoni tartiblaş
3–6 yoşli bola dunyoni asosan sezgilari orqali örganadi. Sensorika materiallari bu sezgilarni tartibga soladi: bola ölçam, rang, şakl, oğirlik va yuzani farqlaşni örganadi, keyin esa ularning nomini biladi (“katta — kiçik”, “uzun — qisqa”, “dağal — silliq”).
4. Puşti minora
Taxminiy yoş: 2,5–3 yoşdan.
Material: 1 sm dan 10 sm gaça bölgan 10 ta puşti yoğoç kubik.
Bola nima qiladi? Kubiklarni gilamçaga bittadan olib keladi va eng kattasidan boşlab minora quradi. Keyin minorani buzmasdan, eng kiçigidan boşlab bittalab joyiga qaytaradi.
Nimani örganadi?
- Uç ölçamdagi kattalikni köz va qöl bilan farqlaş.
- “Katta”, “kattaroq”, “eng katta” kabi taqqoslaş sözlari.
- Harakatni boşqariş: kubikni ehtiyot bilan, aniq qöyiş.
- Kelajakdagi matematika uçun asos: 1 sm li kubik 1 000 marta 10 sm li kubikka siğadi.
Ilmiy asos: Verdine va hamkasblari (2014) 3 yoşli bolalarning quriliş bölaklaridan namuna böyiça şakl yiğa olişi ularning matematika könikmalari bilan boğliq ekanini aniqlagan. Puşti minora kabi materiallar aynan şu fazoviy fikrlaşni maşq qildiradi.
5. Jigarrang zinapoya
Taxminiy yoş: 3 yoşdan.
Material: Uzunligi bir xil (20 sm), lekin qalinligi 1 sm dan 10 sm gaça bölgan 10 ta jigarrang törtburçak taxta.
Bola nima qiladi? Taxtalarni eng qalinidan eng ingiçkasigaça yonma-yon terib, zinapoya hosil qiladi. Keyinçalik uni puşti minora bilan birga işlatadi.
Nimani örganadi? Ikki ölçamdagi farqni (qalin — ingiçka) köriş, ketma-ket tartiblaş va “qalinroq”, “eng ingiçka” kabi sözlarni. Puşti minorada faqat bitta ölçam emas, uçala ölçam özgaradi; jigarrang zinapoyada esa ikkitasi. Bu ham “bitta qiyinçilik” tamoyilining namunasi.
6. Qizil tayoqçalar
Taxminiy yoş: 3 yoşdan.
Material: 10 sm dan 1 metrgaça bölgan 10 ta qizil tayoqça. Har biri oldingisidan 10 sm uzun.
Bola nima qiladi? Tayoqçalarni gilamçaga olib keladi va eng uzunidan eng qisqasigaça terib, “organ” şaklini hosil qiladi.
Nimani örganadi? Uzunlikni farqlaş va tartiblaş, katta jismni ehtiyot bilan kötariş va olib yuriş. Eng muhimi — bu material keyingi qizil-kök sonli tayoqçalarga tayyorlaydi: şakli va ölçami bir xil, lekin u yerda har bir tayoqça bitta sonni bildiradi.
7. Silindrli bloklar
Taxminiy yoş: 2,5–3 yoşdan.
Material: 4 ta yoğoç blok, har birida 10 ta tutqiçli silindr. Bir blokda silindrlar faqat qalinligi bilan, boşqasida faqat balandligi bilan, qolganlarida esa ikkala ölçami bilan farq qiladi.
Bola nima qiladi? Silindrlarni bittalab çiqarib, aralaştiradi, keyin har birini öz uyasiga qaytaradi.
Nimani örganadi?
- Ölçamni köz bilan farqlaş.
- Qalam uşlaş: silindr tutqiçini uçta barmoq (boş, körsatkiç va örta barmoq) bilan uşlaş — bu qalam uşlaşning aynan özi.
- Xatoni özi tuzatiş: oxirgi silindr qolgan uyaga siğmasa, bola qayerda adaşganini özi qidiradi.
Nega bu muhim? Bu material Montessori’ning “xatoni bola özi köradi” tamoyilining eng yaxşi namunasi. Kattalar “notöğri” demaydi: material özi körsatadi. Bola xatodan qörqmay, uni tuzatişni örganadi.
Til: tovuşdan harfga, harfdan sözga
Montessori’da bola avval tovuşlarni eşitişni, keyin tovuş va harfni boğlaşni, söng söz tuzişni örganadi. Qiziq tomoni: köp bolalar avval yozişni, keyin öqişni boşlaydi.
8. Qumli harflar
Taxminiy yoş: 3–3,5 yoşdan.
Material: Taxtaçalarga yopiştirilgan, qum qoğozidan qirqilgan harflar. Unli tovuşlar bir rangli, undoşlar boşqa rangli taxtaçada böladi.
Bola nima qiladi? Ikki barmoği bilan harfni yoziliş yönalişida silaydi va bir vaqtning özida uning tovuşini aytadi (harf nomini emas). Masalan, “em” emas, “m-m-m”.
Nimani örganadi?
- Tovuş va harfni boğlaş — öqişning asosi.
- Harf şaklini qöl “xotirasiga” muhrlaş: barmoq qalamdan oldin yozişni örganadi.
- Töğri yönalişda yoziş odati.
Ilmiy asos: Bara va hamkasblari (2004) 5 yoşli bolalarda ötkazgan tajribada harflarni faqat köz bilan emas, qöl bilan ham his qilib örgangan bolalar alifbo tamoyilini (harf tovuşni bildirişini) yaxşiroq tuşungan va harflarni qöşib öqişda yaxşiroq natija körsatgan. Bu Montessori qumli harflari ğoyasini qöllab-quvvatlaydi.
9. Metall ramkalar (metall vkladişlar)
Taxminiy yoş: 3,5–4 yoşdan.
Material: Doira, uçburçak, gul şakli va boşqa şakllardagi metall ramkalar va ularning içki qismlari.
Bola nima qiladi? Ramkani qoğozga qöyib, şaklni rangli qalam bilan çizib oladi, keyin içini yuqoridan pastga qarab qisqa çiziqlar bilan böyaydi.
Nimani örganadi? Qalamni yengil va işonç bilan uşlaş, çiziq çegarasida töxtaş, qölni boşqariş. Bu harflarni yozişdan oldingi eng muhim tayyorgarlik.
10. Harakatlanuvçi alifbo
Taxminiy yoş: 4 yoşdan.
Material: Bölinmali qutidagi alohida kesilgan harflar.
Bola nima qiladi? Rasm yoki narsaning nomini tovuşlarga ajratib, har bir tovuşga mos harfni qutidan olib, söz tuzadi. Masalan, “öt”, “non”, “olma”.
Nimani örganadi? Sözni tovuşlarga ajratiş va yoziş. Qöli hali qalam bilan uzun yozişga tayyor bölmasa ham, bola fikrini “yoza” oladi. Köp bolalarda öqiş aynan şu bosqiçdan keyin öz-özidan boşlanadi: bola özi tuzgan sözni qayta öqiy boşlaydi.
Matematika: sonni qölda his qiliş
Boğça yoşidagi bola uçun “5” — bu şunçaki belgi. Montessori matematika materiallari bolaga son ortida turgan miqdorni köriş va qölda his qiliş imkonini beradi. Şundan keyingina belgi va amallarga ötiladi.
11. Qizil-kök sonli tayoqçalar va qumli raqamlar
Taxminiy yoş: 4 yoşdan.
Material: 10 ta tayoqça: eng qisqasi 10 sm (1), eng uzuni 1 metr (10). Har bir tayoqça 10 sm lik qizil va kök bölaklarga bölingan. Qumli raqamlar esa qumli harflar kabi taxtaçalarga yopiştirilgan raqamlar.
Bola nima qiladi? Tayoqçalarni tartib bilan teradi, bölaklarini sanaydi va har bir tayoqça yoniga mos raqamni qöyadi. Qumli raqamlarni barmoği bilan silab, nomini aytadi.
Nimani örganadi?
- Son — bu bitta butun miqdor ekanini (“tört” — törtta alohida narsa emas, balki bitta uzunlik).
- Raqam belgisini miqdor bilan boğlaş.
- Qöşişning ilk tuşunçasi: 1 va 2 tayoqça yonma-yon qöyilsa, 3 ga teng böladi.
12. Oltin marjonlar va marjon zanjirlari
Taxminiy yoş: 4–5 yoşdan.
Material: Oltin rangli marjonlar: bitta marjon (1), 10 ta marjondan iborat tayoqça (10), 100 ta marjondan iborat kvadrat (100) va 1 000 ta marjondan iborat kub (1 000). Rangli marjon zanjirlari esa sanaş va karra jadvaliga tayyorlaydi.
Bola nima qiladi? “Menga 2 ta yuzlik, 3 ta önlik va 5 ta birlik olib kel” kabi topşiriqlarni bajaradi, katta sonlarni marjonlar bilan yiğadi, keyinçalik ular bilan qöşiş va ayiriş amallarini bajaradi. Zanjirlarni sanab, har 5 yoki 10 ta marjondan keyin raqamli yorliq qöyadi.
Nimani örganadi?
- Önlik sanoq tizimini közi bilan körib: 10 ta birlik — bitta önlik, 10 ta önlik — bitta yuzlik.
- 1 000 qançalik katta ekanini his qiliş: kub qölda oğir!
- Katta sonlar bilan amallar, sanaş va keyinçalik köpaytiriş asoslari.
Ilmiy asos: Carbonneau va hamkasblari (2013) 55 ta tadqiqotni umumlaştirgan meta-tahlilida matematikani qöl bilan uşlanadigan aniq materiallar orqali örgatiş faqat mavhum belgilar bilan örgatişga qaraganda yaxşiroq natija berişini körsatgan. Bunda ta’sir ustoz qançalik aniq yöl-yöriq berişiga ham boğliq bölgan. Montessori’da har bir material ustozning qisqa taqdimoti bilan beriladi.
Bir qaraşda: 12 ta material va ularning foydasi
| Material | Burçak | Taxminiy yoş | Asosiy foydasi |
|---|---|---|---|
| Suv quyiş | Amaliy hayot | 2,5–3 | Diqqat, aniq harakat, mustaqillik |
| Kiyiniş ramkalari | Amaliy hayot | 3+ | Mayda motorika, özi kiyiniş |
| Qoşiq bilan köçiriş | Amaliy hayot | 2,5–3 | Qalam uşlaşga tayyorgarlik |
| Puşti minora | Sensorika | 2,5–3 | Ölçamni farqlaş, fazoviy fikrlaş |
| Jigarrang zinapoya | Sensorika | 3+ | Qalinlikni farqlaş, tartiblaş |
| Qizil tayoqçalar | Sensorika | 3+ | Uzunlik, sonli tayoqçalarga tayyorgarlik |
| Silindrli bloklar | Sensorika | 2,5–3 | Ölçam, uç barmoq bilan uşlaş |
| Qumli harflar | Til | 3–3,5 | Tovuş va harfni boğlaş |
| Metall ramkalar | Til | 3,5–4 | Qalamni boşqariş, yozişga tayyorgarlik |
| Harakatlanuvçi alifbo | Til | 4+ | Söz tuziş, öqişning boşlanişi |
| Sonli tayoqçalar va qumli raqamlar | Matematika | 4+ | Son va miqdor, raqam belgisi |
| Oltin marjonlar va zanjirlar | Matematika | 4–5 | Önlik tizim, katta sonlar |
Ilm-fan nima deydi?
Montessori materiallari 100 yildan ortiq tarixga ega, lekin ularning samarasi sönggi yillarda zamonaviy tadqiqotlarda ham örganilmoqda:
- Montessori ta’limi umuman. Lillard va Else-Quest (2006) Science jurnalida çop etilgan tadqiqotda Montessori boğçasini tugatgan 5 yoşli bolalar öqiş, matematika, ijro funksiyalari va ijtimoiy könikmalarda soliştirma guruhdan yaxşiroq natija körsatgan. Lillard va hamkasblari (2017) uç yillik kuzatuvda ham şunga öxşaş natijalarni qayd etgan.
- Tizimli şarh. Randolph va hamkasblari (2023) önlab tadqiqotlarni umumlaştirib, Montessori ta’limining akademik natijalar va ijro funksiyalariga ijobiy ta’sirini topgan.
- Qöl bilan örganiş. Harflarni qöl bilan his qiliş (Bara va boşq., 2004), sonni aniq material orqali örganiş (Carbonneau va boşq., 2013), fazoviy quriş könikmalari (Verdine va boşq., 2014) va mayda motorika (Grissmer va boşq., 2010) bolalarning öqiş va matematikadagi keyingi muvaffaqiyati bilan boğliq ekani aniqlangan.
Albatta, tadqiqotlar natijasi har bir bolada bir xil bölmaydi. Material öz-özidan “sehrli” emas: uning samarasi tayyorlangan muhit, ustozning töğri taqdimoti va bolaga öz sur’atida işlaş imkoni berilişiga boğliq.
Ota-onalar uyda nima qila oladi?
Montessori materiallarini uyga sotib oliş şart emas. Ular ustoz taqdimoti bilan boğçada samaraliroq işlaydi. Uyda esa xuddi şu könikmalarni kundalik hayot orqali rivojlantiriş mumkin:
- Suv quyiş: bolaga kiçik közaça bering, çoy yoki suvni özi quysin. Tökilsa, artadigan latta yonida tursin.
- Kiyiniş: şoşilmagan kunlarda bola tugmani özi taqsin. Siz kutişga 2 daqiqa vaqt ajrating.
- Oşxonada yordam: banan töğraş, salat aralaştiriş, stol tuzaş — bular amaliy hayot maşqlarining aynan özi.
- Sanaş: zinapoyadan çiqayotganda, olma terayotganda, stolga qoşiq qöyayotganda birga sanang.
- Tovuşlar öyini: “Men ‘m’ tovuşi bilan boşlanadigan narsani köryapman…” — bu qumli harflarga yaxşi tayyorgarlik.
Eng muhimi — bola özi uddalay oladigan işni uning örniga bajarib qöyişga şoşilmang. Montessori’ning maşhur iborasi şu haqda: “Menga özim qilişimga yordam ber.”
Savol-javob
Montessori materiallari oddiy öyinçoqlardan nimasi bilan farq qiladi?
Öyinçoqning maqsadi — köngil oçiş, Montessori materialining maqsadi esa bitta aniq könikmani örgatiş. Material tabiiy xomaşyodan, aniq ölçamda yasaladi, unda faqat bitta qiyinçilik böladi va xatoni bola özi köra oladi. Ustoz har bir materialni bolaga avval qisqa taqdimot orqali körsatadi.
Bola materialdan “notöğri” foydalansa nima böladi?
Ustoz bolani urişmaydi. Agar bola materialni hali tuşunmagan bölsa, ustoz keyinroq uni qaytadan körsatadi. Agar bola materialni buziş yoki otiş uçun işlatsa, ustoz uni xotirjam javonga qaytaradi va bolaga boşqa mos iş taklif qiladi.
Bu materiallarni uyga sotib oliş şartmi?
Şart emas. Uyda eng muhimi — Montessori tamoyillari: bolaga kundalik işlarda qatnaşiş imkonini beriş, uning böyiga mos oçiq javon va tartib. Maxsus materiallar ustoz taqdimoti bilan boğçada samaraliroq işlaydi.
Bola qaysi materialdan boşlaydi?
Odatda amaliy hayot maşqlaridan: suv quyiş, qoşiq bilan köçiriş, kiyiniş ramkalari. Ular diqqat, qöl harakatining aniqligi va mustaqillikni rivojlantiradi. Şundan keyin sensorika, til va matematika materiallari beriladi.
Turon Montessori’da bu materiallar bormi?
Ha. Turon Montessori — haqiqiy Montessori boğçasi, unda barça yönalişlar uçun Montessori materiallarining töliq töplami bor. Maqoladagi rasmlar Turon Montessori sinfidan olingan: amaliy hayot, sensorika, til va matematika burçaklarida şu materiallar bilan bolalar har kuni işlaydi.
Manbalar
- Montessori, M. (1912). The Montessori Method (A. E. George, tarj.). New York: Frederick A. Stokes.
- Lillard, A., & Else-Quest, N. (2006). Evaluating Montessori Education. Science, 313(5795), 1893–1894.
- Lillard, A. S., Heise, M. J., Richey, E. M., Tong, X., Hart, A., & Bray, P. M. (2017). Montessori Preschool Elevates and Equalizes Child Outcomes: A Longitudinal Study. Frontiers in Psychology, 8, 1783.
- Randolph, J. J., Bryson, A., Menon, L., Henderson, D. K., Kureethara Manuel, A., Michaels, S., Rosenstein, D. L. W., McPherson, W., O’Grady, R., & Lillard, A. S. (2023). Montessori education’s impact on academic and nonacademic outcomes: A systematic review. Campbell Systematic Reviews, 19(3), e1330.
- Bara, F., Gentaz, E., Colé, P., & Sprenger-Charolles, L. (2004). The visuo-haptic and haptic exploration of letters increases the kindergarten-children’s understanding of the alphabetic principle. Cognitive Development, 19(3), 433–449.
- Carbonneau, K. J., Marley, S. C., & Selig, J. P. (2013). A meta-analysis of the efficacy of teaching mathematics with concrete manipulatives. Journal of Educational Psychology, 105(2), 380–400.
- Verdine, B. N., Golinkoff, R. M., Hirsh-Pasek, K., Newcombe, N. S., Filipowicz, A. T., & Chang, A. (2014). Deconstructing Building Blocks: Preschoolers’ Spatial Assembly Performance Relates to Early Mathematical Skills. Child Development, 85(3), 1062–1076.
- Grissmer, D., Grimm, K. J., Aiyer, S. M., Murrah, W. M., & Steele, J. S. (2010). Fine motor skills and early comprehension of the world: Two new school readiness indicators. Developmental Psychology, 46(5), 1008–1017.
- Diamond, A., & Lee, K. (2011). Interventions Shown to Aid Executive Function Development in Children 4 to 12 Years Old. Science, 333(6045), 959–964.
Maqolani baholang
· ta baho