- JoyToshkent, Olmazor tumani
- Bolalar3–6 yosh, yaxlit guruh
- Ish grafigi5/2 (dushanba–juma)
- Ish vaqti8:00–17:00
Turon Montessorida bolalar mashg‘ulotni o‘zlari tanlaydi. Ba’zan bolaga yordam kerak, ba’zan esa xalaqit bermaslik — eng yaxshi yordam.
Bizga shu farqni payqaydigan, xotirjam va e’tiborli inson kerak.
Kundalik ishingiz
- Bolalarni kuzatasiz va xavfsizligiga qaraysiz.
- Tanlashga qiynalgan bolaga tanish materialni taklif qilasiz — tanlov bolada qoladi.
- Suv quyish, kiyinish, buyumni joyiga qo‘yishda bolaga o‘zi uddalashi uchun vaqt berasiz.
- Materiallarni tayyor saqlaysiz, kuzatganlaringizni asosiy ustozga aytasiz.
Dars va yangi materialni asosiy ustoz tanishtiradi. Siz kun davomida kuzatasiz va yordam berasiz.
Sizdan nimani kutamiz?
- Montessori pedagogikasiga chin qiziqish — eng muhim mezon.
- Sabr: bolani shoshirmay kutish, hurmat bilan gaplashish.
- Ogohlik: atrofda nima bo‘layotganini doim sezish.
- Epchillik: xavf tug‘ilganda tez, lekin xotirjam harakat qilish.
- O‘rganishga moyillik va mas’uliyat.
- Fidbekka ochiqlik: ustoz maslahatini amalda qo‘llash.
Afzallik bo‘ladi
- 3–6 yoshli bolalar bilan ishlash tajribasi
- Rus tilini bilish
Ishni jarayonda o‘rgatamiz. Montessori mutaxassisi bo‘lishingiz uchun o‘qish to‘lovini bog‘cha qilib beradi.
Biz nima taklif qilamiz
Raqobatbardosh maosh
Bozordagi takliflar bilan bellasha oladigan maosh. Miqdori suhbatda kelishiladi.
Montessori mutaxassisi bo‘lasiz
Montessori bo‘yicha o‘qish to‘lovini bog‘cha qilib beradi.
Farzandingizga 50% chegirma
Jamoadoshlarimizning farzandlari bog‘chamizda 50% chegirma bilan tarbiyalanadi.
Haqiqiy Montessori muhit
To‘liq Montessori materiallari, 3–6 yoshli yaxlit guruh va 3 soatlik ish sikli.
Ish jarayonida o‘rganish
Bolani kuzatish va yo‘naltirishni tajribali ustoz yonida o‘rganasiz.
Hurmatga asoslangan jamoa
Fikr-mulohaza ochiq va muloyim, har bir ustozning fikri tinglanadi.