- JoyToşkent, Olmazor tumani
- Bolalar3–6 yoş, yaxlit guruh
- Iş grafigi5/2 (duşanba–juma)
- Iş vaqti8:00–17:00
Turon Montessorida bolalar maşğulotni özlari tanlaydi. Ba’zan bolaga yordam kerak, ba’zan esa xalaqit bermaslik — eng yaxşi yordam.
Bizga şu farqni payqaydigan, xotirjam va e’tiborli inson kerak.
Kundalik işingiz
- Bolalarni kuzatasiz va xavfsizligiga qaraysiz.
- Tanlaşga qiynalgan bolaga taniş materialni taklif qilasiz — tanlov bolada qoladi.
- Suv quyiş, kiyiniş, buyumni joyiga qöyişda bolaga özi uddalaşi uçun vaqt berasiz.
- Materiallarni tayyor saqlaysiz, kuzatganlaringizni asosiy ustozga aytasiz.
Dars va yangi materialni asosiy ustoz taniştiradi. Siz kun davomida kuzatasiz va yordam berasiz.
Sizdan nimani kutamiz?
- Montessori pedagogikasiga çin qiziqiş — eng muhim mezon.
- Sabr: bolani şoşirmay kutiş, hurmat bilan gaplaşiş.
- Ogohlik: atrofda nima bölayotganini doim seziş.
- Epçillik: xavf tuğilganda tez, lekin xotirjam harakat qiliş.
- Örganişga moyillik va mas’uliyat.
- Fidbekka oçiqlik: ustoz maslahatini amalda qöllaş.
Afzallik böladi
- 3–6 yoşli bolalar bilan işlaş tajribasi
- Rus tilini biliş
Işni jarayonda örgatamiz. Montessori mutaxassisi bölişingiz uçun öqiş tölovini boğça qilib beradi.
Biz nima taklif qilamiz
Raqobatbardoş maoş
Bozordagi takliflar bilan bellaşa oladigan maoş. Miqdori suhbatda kelişiladi.
Montessori mutaxassisi bölasiz
Montessori böyiça öqiş tölovini boğça qilib beradi.
Farzandingizga 50% çegirma
Jamoadoşlarimizning farzandlari boğçamizda 50% çegirma bilan tarbiyalanadi.
Haqiqiy Montessori muhit
Töliq Montessori materiallari, 3–6 yoşli yaxlit guruh va 3 soatlik iş sikli.
Iş jarayonida örganiş
Bolani kuzatiş va yönaltirişni tajribali ustoz yonida örganasiz.
Hurmatga asoslangan jamoa
Fikr-mulohaza oçiq va muloyim, har bir ustozning fikri tinglanadi.