- JoyToshkent, Olmazor tumani
- Bolalar3–6 yosh, yaxlit guruh
- Ish grafigi5/2 (dushanba–juma)
- Ish vaqti8:00–17:00
Montessori ustozi — ma’ruzachi emas. U muhitni tayyorlaydi, bolani kuzatadi va to‘g‘ri paytda keyingi qadamni ko‘rsatadi.
Bizga Montessorini chuqur tushunadigan, bolaga ishonadigan va xotirjam, tartibli muhit yarata oladigan ustoz kerak.
Kundalik ishingiz
- Muhitni tayyorlaysiz: materiallar to‘liq, toza va bolalarga mos.
- Yangi materialni yakka yoki kichik guruhda taqdim etasiz — aniq va sekin.
- Bolalarni kuzatib, yozib borasiz va keyingi qadamni rejalashtirasiz.
- Ota-onalarga bolaning rivoji haqida aniq misollar bilan gapirasiz.
- Assistent ustozga yo‘nalish berasiz.
Guruhdagi pedagogik ish uchun siz javob berasiz. Yoningizda assistent ustoz bo‘ladi.
Sizdan nimani kutamiz?
- Montessori bo‘yicha malaka — shart: diplom yoki sertifikat, akademik ta’lim yoki Montessori guruhidagi ish tajribasi.
- Kuzatish va bolaga yo‘nalish bera olish.
- Materiallarni taqdim etish va kuzatuv yuritish.
- Bola va ota-ona bilan hurmatli, xotirjam muloqot.
- O‘z ustida ishlash va fidbekka ochiqlik.
Afzallik bo‘ladi
- Montessori guruhida asosiy ustoz sifatida ishlagan tajriba
- Rus yoki ingliz tilini bilish
Dastlabki kunlarda kun tartibi, kuzatuv shakli va ota-onalar bilan muloqot uslubimiz bilan tanishtiramiz.
Biz nima taklif qilamiz
Raqobatbardosh maosh
Bozordagi takliflar bilan bellasha oladigan maosh. Miqdori suhbatda kelishiladi.
Farzandingizga 50% chegirma
Jamoadoshlarimizning farzandlari bog‘chamizda 50% chegirma bilan tarbiyalanadi.
Kasbiy erkinlik
Guruhni o‘zingiz yuritasiz: taqdimot va kuzatuv bo‘yicha qarorlar sizda.
Yoningizda assistent ustoz
Kuzatish, tartib va xavfsizlikda assistent yordam beradi — siz pedagogik ishga e’tibor berasiz.
To‘liq jihozlangan muhit
Barcha Montessori materiallari bor — tajribangizni to‘liq qo‘llaysiz.
Kichik guruh va hurmatli jamoa
1 ustozga 8–12 bola. Malakangiz qadrlanadi.