- JoyToşkent, Olmazor tumani
- Bolalar3–6 yoş, yaxlit guruh
- Iş grafigi5/2 (duşanba–juma)
- Iş vaqti8:00–17:00
Montessori ustozi — ma’ruzaçi emas. U muhitni tayyorlaydi, bolani kuzatadi va töğri paytda keyingi qadamni körsatadi.
Bizga Montessorini çuqur tuşunadigan, bolaga işonadigan va xotirjam, tartibli muhit yarata oladigan ustoz kerak.
Kundalik işingiz
- Muhitni tayyorlaysiz: materiallar töliq, toza va bolalarga mos.
- Yangi materialni yakka yoki kiçik guruhda taqdim etasiz — aniq va sekin.
- Bolalarni kuzatib, yozib borasiz va keyingi qadamni rejalaştirasiz.
- Ota-onalarga bolaning rivoji haqida aniq misollar bilan gapirasiz.
- Assistent ustozga yönaliş berasiz.
Guruhdagi pedagogik iş uçun siz javob berasiz. Yoningizda assistent ustoz böladi.
Sizdan nimani kutamiz?
- Montessori böyiça malaka — şart: diplom yoki sertifikat, akademik ta’lim yoki Montessori guruhidagi iş tajribasi.
- Kuzatiş va bolaga yönaliş bera oliş.
- Materiallarni taqdim etiş va kuzatuv yuritiş.
- Bola va ota-ona bilan hurmatli, xotirjam muloqot.
- Öz ustida işlaş va fidbekka oçiqlik.
Afzallik böladi
- Montessori guruhida asosiy ustoz sifatida işlagan tajriba
- Rus yoki ingliz tilini biliş
Dastlabki kunlarda kun tartibi, kuzatuv şakli va ota-onalar bilan muloqot uslubimiz bilan taniştiramiz.
Biz nima taklif qilamiz
Raqobatbardoş maoş
Bozordagi takliflar bilan bellaşa oladigan maoş. Miqdori suhbatda kelişiladi.
Farzandingizga 50% çegirma
Jamoadoşlarimizning farzandlari boğçamizda 50% çegirma bilan tarbiyalanadi.
Kasbiy erkinlik
Guruhni özingiz yuritasiz: taqdimot va kuzatuv böyiça qarorlar sizda.
Yoningizda assistent ustoz
Kuzatiş, tartib va xavfsizlikda assistent yordam beradi — siz pedagogik işga e’tibor berasiz.
Töliq jihozlangan muhit
Barça Montessori materiallari bor — tajribangizni töliq qöllaysiz.
Kiçik guruh va hurmatli jamoa
1 ustozga 8–12 bola. Malakangiz qadrlanadi.